Главная » 2021 » Июнь » 24 » Shimoliy Koreyada yashirincha telefon ishlatgan 10 kishi qatl etildi
16:17

Shimoliy Koreyada yashirincha telefon ishlatgan 10 kishi qatl etildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyadagi qarindoshlari bilan aloqada bo‘lish yoki pul o‘tkazmalarini olish uchun Xitoy uyali aloqa tarmoqlaridan foydalanadigan shimoliy koreyaliklarga qarshi kurashni boshladi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyada tashqi dunyo bilan aloqa qilish uchun yashirin ravishda mobil aloqadan foydalangani uchun kamida o‘n kishi ommaviy ravishda qatl etilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning hukmron partiyasi va maxfiy politsiya mart oyida yangi yashirin kuzatuv kampaniyasini boshlaganidan keyin 150 ga yaqin shimoliy koreyaliklar hibsga olingan. Nashr manbasiga ko‘ra, reydlar hali ham davom etmoqda. 

Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, hibsga olinganlar soni joriy yilning may oyi oxiridan beri “osmonga ko‘tarilgan”, chunki mamlakat oziq-ovqat tanqisligi va narxlarning ko‘tarilishi bilan kurashmoqda. Aholi do‘stlari va qarindoshlarining qo‘llab-quvvatlashiga muhtojlik sezmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In yaqindagina mamlakatda oziq-ovqat yetishmovchiligi boshlanishi mumkinligi haqida e’lon qilgandi.  

Bundan tashqari, Kim Chen In Shimoliy Koreya partiyasi va xalqini yangi “qiyin yurish”ga tayyor bo‘lishga chaqirgan. KXDR tarixidagi ushbu atama XX asrning 90-yillari, mamlakat ommaviy ocharchilik tufayli og‘irlashgan iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan davrni nazarda tutadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yashirincha, Shimoliy Koreyada, telefon, qatl etildi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя