Главная » 2017 » Март » 24 » “Siniy kit” bilan bog‘liq o‘lim holatlari aniqlandimi?
14:04

“Siniy kit” bilan bog‘liq o‘lim holatlari aniqlandimi?


Ayni damda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib, yoshlarni o‘z joniga qasd qilishga undayotgan “Siniy kit” o‘yini jamiyatga katta xavf tug‘diryapti. Bu o‘yin Rossiya, Qozog‘iston qatorida bizgacha yetib keldi.

Avvalroq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev bergan ma’lumotlarga asoslangan holda, Toshkent shahrida “Siniy kit” o‘yini domiga tushib qolgan 31 nafar maktab, 5 nafar kasb-hunar kolleji o‘quvchisi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

36 nafar o‘yin ishtirokchisi birinchi bosqichlarning o‘zida o‘yinni tark etganlari sabab o‘z joniga qasd qilish kabi holatlar aniqlanmagan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ota-onalar va o‘qituvchilarni “Siniy kit”, “More kitov”, “Meni 4:20 da uyg‘ot”, “Feya”, “F-57” va “F-58”, “Men o‘yinda”, “Bogataya uzbechka” kabi o‘z joniga qasd qilishga undovchi o‘yinlardan ogohlantirib, farzandlariga e’tiborliroq bo‘lishni tavsiya etmoqdalar.

Ma’lum qilinishicha, ayni damda Toshkent shahrida “Siniy kit” va “Bogataya uzbechka” o‘yinlari ommalashmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Siniy kit, o‘lim holatlari, bilan bog‘liq, aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя