Главная » 2018 » Май » 24 » Sirtqi ta’limda o‘qish yanada oson bo‘ldi
17:30

Sirtqi ta’limda o‘qish yanada oson bo‘ldi


Yangi o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun darslar masofadan turib onlayn tarzda o‘qitiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati “Qalampir.uz”ga xabar bergan.

Endilikda joriy etilgan onlayn o‘qitish platformasi yordamida sirtqi ta’lim talabalari, masofadan turib, o‘z ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 9 avgustida “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori asosida 15 ta oliy o‘quv yurtida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan.

Bugungi kunda maxsus sirtqi ta’limning 144 ta darsligi tayanch oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda masofaviy o‘qitish formati asosida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi.

Masofaviy ta’limni amalga oshirishning navbatdagi bosqichida oliy ta’limning sirtqi va kechki ta’lim uchun masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Sirtqi va kechki ta’lim darsliklari ham bosqichma-bosqich onlayn o‘qitish tizimiga o‘tkazilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Respublikaning ayrim shahar va tumanlaridan yuridik institutiga kirish hujjatlarini onlayn shaklda topshirish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oson bo‘ldi, o‘qish, Sirtqi ta’lim, yanada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя