Главная » 2022 » Октябрь » 21 » Surxondaryoda jayrani shafqatsizlarcha o‘ldirgan shaxslar jarimaga tortildi
11:28

Surxondaryoda jayrani shafqatsizlarcha o‘ldirgan shaxslar jarimaga tortildi


Avvalroq O‘zbekistonning muhofaza qilingan hududida fuqarolar jayralarni shafqatsizlarcha o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Holat bo‘yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat “Ekologik patrul” guruhi o‘rganish o‘tkazib, natijasi haqida maʼlumot berdi.

O‘rganishlarda videotasvirda ko‘rsatilgan holat sodir etilgan manzil va fuqarolarning shaxsi aniqlangan.

Sariosiyo tumani, “Shabnam” MFYda yashovchi fuqarolar O‘.YA. va D.S. Hisorak qishlog‘iga yaqin tog‘oldi adirlikda jayrani noqonuniy ovlagan. Bildirilishicha, holat bundan 4 yil avval sodir bo‘lgan.

Fuqarolar bu bilan O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasi va “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 17, 27-moddalari talablarini buzgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 90-moddasi prim-1 qismi bilan huquqbuzarlarning har biriga 3 million so‘mdan jarima va 1 million 800 ming so‘mdan tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jarimaga, shaxslar, jayrani, o‘ldirgan, shafqatsizlarcha, tortildi, Surxondaryoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя