Главная » 2020 » Август » 8 » Suv haqida siz bilmaydigan haqiqatlar
20:19

Suv haqida siz bilmaydigan haqiqatlar


Suv – bu hayot! Uning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.U tirik organizmlar uchun juda cheklangan, lekin juda muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari, suv noyob xususiyatlarga ega juda qiziq moddadir, bu xususiyatlarning ba’zilari juda hayratlanarli. Grodno yashil portali nafaqat suv resurslarining ahamiyati va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligini eslatibgina qolmay, balki bu sodda va shu bilan birga sirli modda haqida qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashishga qaror qildi.

1. Suv sayyoramiz hududining 70 foizini qoplaydi. Shu bilan birga, ushbu miqdorning atigi 3 foizi chuchuk suv, ya’ni ichish uchun yaroqlidir. Muzliklarda joylashgani sababli uning ko‘p qismini ishlatish mumkin emas.

2. Issiq suv sovuq suvga qaraganda tezroq muzlaydi. Tajribalar buni eksperimental ravishda isbotlaydi, lekin nima uchun bunday bo‘lishini hatto olimlar ham aniq bilishmaydi.

3. Suv 42 darajaga qadar muzlamasligi mumkin. Zararli aralashmalarsiz, juda toza suv suyuq holda ushbu haroratgacha sovutilishi mumkin. Muz asosan suv tarkibida bo‘lgan ifloslik zarralari atrofidagina shakllana boshlaydi.

4. Suv o‘z xotirasiga ega. Vodorod aloqasi N2O molekulalarini odatda klasterlar deb ataladigan guruhlarga birlashtiradi va ular o‘z navbatida klatrat (inklyuziv ulanish)larni hosil qiladi. Strukturalangan (tuzilish hosil qilgan) suv bu aniq klasterlar hosil qilgan suvdir. Suv klasterlarini har qanday ta’sirdan qayta tashkil etish mumkin bo‘lganligi sababli, o‘z atrofidagi barcha ma’lumotlarni yozib qoladi. Olimlar bu ta’sirni “suv xotirasi” deb atashdi.

5. Yurak salomatligi uchun yetarli miqdorda suv zarur. Kuzatishlar kuniga 6 stakan suv ichgan odamlarning yuragi 2 stakan ichgan odamlarga qaraganda sog‘lom bo‘lishini ko‘rsatdi.

6. Suvsizlanish tana vaznining 2 foiziga teng miqdorda suv yo‘qotganda yuzaga keladi, tana vaznining 10 foizidan ko‘proq suvsizlanishi hayot uchun xavfli, tanadagi suvning 12 foizi yo‘qotilganda esa uni shifokorlar yordamisiz tiklab bo‘lmaydi.
7. Inson o‘z hayoti davomida 35 tonna suv ichadi. Suv tana uchun kisloroddan keyingi eng zarur modda hisoblanadi.

8. Dunyodagi bir milliard kishi toza suv ichish imkoniyatiga ega emas. Yerning har oltinchi aholisi kamida bir marta to‘yib suv ichishni orzu qiladi. Bizda kranni ochish orqali suv olish mumkin bo‘lgan bir vaqtda, ichimlik suvi hashamat sanaladigan mintaqalar ham mavjud.
9. So‘nggi 50 yil ichida dunyo bo‘ylab suvdan foydalanish bo‘yicha 507 mojaro sodir bo‘lgan, ularning 21 nafari harbiy harakatlar bilan yakunlangan.

10. YUNESKOning 2003 yilda qayd etilgan ma’lumotlariga qaraganda, eng toza ichimlik suvi bo‘yicha birinchi o‘rinni Finlyandiya, undan keyingi o‘rinlarni Kanada va Yangi Zelandiya egallaydi.
11. Har bir qit’aning ifloslanishlar sababli umuman foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan o‘z “o‘lik” daryosi bor. Masalan, Bangladeshdagi Ganga daryosining so‘l tarmog‘idan biri Buriganga daryosi rasman o‘lgan deb e’lon qilindi. Missisipi daryosidagi ko‘rfaz ham deyarli o‘likdir: tozalash tizimlari mavjudligiga qaramay, unda hech qanday organizm yashamaydi. Dunyodagi eng iflos daryo Yava orolidagi Sitarumdir.

12. Kopengagendagi iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan konferensiyasida 2050 yilga kelib dunyo okeanlarining kislotaligi 150 foizga oshadi, bu dengiz ekotuzilmasida qaytarilmas o‘zgarishlarga olib keladi, deb aytilgan.

13. Bir yil davomida bir kishi 60 tonna suvni faqat oziq-ovqat orqali iste’mol qiladi. 1 kilogramm kartoshkani yetishtirish uchun 100 litr, 1 kilogramm guruch olishda – 4000 litr, 1 kilogramm mol go‘shti uchun – 13 000 litr suv sarflanadi. Bitta gamburger ishlab chiqarish uchun 2400 litr suv kerak bo‘ladi.

14. Har yil okeanlarda 260 million tonna plastik buyumlar to‘planadi. Odamlar har kuni ikki million tonna chiqindini tabiiy suv havzalariga tashlaydi.

15. Ifloslangan yer osti suvlari bir necha ming yillar davomida tozalandi.
22 mart – Butunjahon suv kuni, u Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1973 yilda ta’sis qilingan.

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: SUV, siz bilmaydigan, haqiqatlar, haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
08.08.2020 Спам
Водарод алокаси эмас боги диелади


Ответ:

08.08.2020 Спам
Сувни формуласини мактабдаги 2 чи хам билади.


Ответ:

avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя