Главная » 2017 » Апрель » 2 » “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling” filmidagi voqea hayotda ham sodir bo‘ldi
08:39

“Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling” filmidagi voqea hayotda ham sodir bo‘ldi


“Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling” filmini barchamiz sevib tomosha qilamiz. Undagi voqea hayotda ham yuz berishi mumkinligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? “Yo‘q” deysizmi? “Life” nashri ana shunday hodisa haqida hikoya qildi.

Amsterdamlik 18 yoshli Milan Shipper kollejga o‘qishga kirishdan oldin Avstraliyaga borishga qaror qildi. Sidneyga bo‘lgan reyslar ichida eng arzon narxdagi chiptani topdi. U boshqalaridan 300 dollar arzonroq edi va Milan chiptani o‘ylab o‘tirmay sotib oldi.

Samolyot Torontoga qo‘nganida, barcha yo‘lovchilar “Air Canada” kompaniyasining samoliyotiga o‘tish uchun tushishadi. Shunda yigit hayron bo‘la boshlaydi.

“Samolyot juda kichkina edi. Avvaliga Avstraliyaga uchadimi, deb o‘yladim”, deydi Milan “SBC” radiokompaniyasiga bergan intervyusida.

Shunday bo‘lsa-da, Shipper samolyot bortiga chiqadi va o‘z joyini topib o‘tiradi. Bir necha soatdan so‘ng samolyot Yangi Shotlandiya provinsiyasi bo‘lgan Kanadadagi Sidneyga qo‘nadi.

Milan nafaqat boshqa joyga borib qolgan edi, balki uning ob-havo borasida ham omadi yurishmadi. O‘sha vaqtda shaharda kuchli qor yog‘ayotgan edi. Yigit esa yozga mos tarzda kiyingan edi. Aeroport xodimlari yigitga Amsterdamga qaytish uchun chipta olishiga ko‘maklashdi va uning otasi o‘z shahrida kutib oldi.

“SBC” radiokompaniyasining ta’kidlashicha, o‘sha reysda yana bitta amerikalik ayol ham Avstraliyaga uchmoqchi bo‘lgan ekan. So‘nggi yillarda shaharlarni adashtirib qo‘yganlar orasida Argetina va Italiya sayyohlari ham uchragan.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Taqdir hazili yoxud qushdek yengil , Voqea, Hayotda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя