Главная » 2020 » Сентябрь » 16 » «Tashkent City»da to‘y qilgan xonanda jarimaga tortildi
22:32

«Tashkent City»da to‘y qilgan xonanda jarimaga tortildi


Xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentyabr kuni «Tashkent City» parkida to‘y qilgani va unga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurgani xabar qilingandi. Ushbu holatga Toshkent shahar IIBB o‘zi munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, internet tarmog‘ida tarqalgan foto va videolarga ko‘ra mehmonlar soni 50 dan oshgan.

«Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq yuqori xavf sharoitida bunday ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Ma’lum qilamizki, SEX ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Voxidjon I. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasiga ko‘ra jarimaga tortildi. Unga EKIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sanitariya-epidemiologiya talablariga jiddiy qarashingizni so‘raymiz. Turli marosimlar o‘zingizni va yaqinlaringizni hayotini xavf ostiga qo‘yish uchun sabab bo‘la olmaydi», deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jarimaga tortildi, Tashkent City, to‘y qilgan, Xonanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя