Главная » 2017 » Март » 17 » TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi
09:53

TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi


15 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori imzolandi.

Ulug` alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, asrab-avaylashning naqadar muhimligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, shuningdek, yoshlarga ta`lim-tarbiya berish va ilm-fanning yuksak marralarini zabt etish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda respublika iqtisodiyotining etakchi tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda 2017/2018 o`quv yilidan boshlab Universitetda ulug` alloma Muhammad al-Xorazmiyning nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng o`rganish bilan bog`liq bir qator tadbirlarni amalga oshiradi.

Qarorga ko`ra, Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etiladi. Respublikaning etakchi olimlari, xususan, akademiklar va fan arboblari ishtirokida oliy ta`lim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-o`qituvchilar bilan ilmiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini tashkil etiladi. Shuningdek iqtidorli talabalar, yosh olimlar va professor-o`qituvchilarning istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ilmiy maqolalari davriy ravishda e`lon qilib boriladigan “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnalni ta`sis etiladi.

2018 yilda Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligini keng nishonlash yuzasidan ilmiy-amaliy va ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni amalga oshiriladi.

Universitet qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Ilmiy-innovasion rivojlantirish jamg`armasi (keyingi o`rinlarda Jamg`arma deb yuritiladi) tashkil etilib, uning mablag`larini shakllantirish manbalari etib mobil aloqa xizmatlari ko`rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to`lanadigan to`lovdan tushadigan mablag`larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilanadi.

Jamg`arma mablag`laridan o`quv darsliklar va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, shu jumladan, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, uning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplash va “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnal nashr etilishini moliyaviy qo`llab-quvvatlash, Universitet va Markazning axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tanlov asosida moliyalashtirish, ularning ilmiy va o`quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan ta`minlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Universitetning buyurtmanomalari bo`yicha Jamg`arma mablag`lari hisobidan xorijdan sotib olinadigan zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi qismlar hamda xorijiy ilmiy adabiyotlar uchun zarur bo`lgan pul mablag`larini konvertasiya qilish tavsiya etildi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjaev zimmalariga yuklandi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Muhammad al-Xorazmiy, nomi berildi, tatu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя