Главная » 2018 » Апрель » 8 » Telegram asoschisi qaysi mamlakat fuqarosi ekanligini aytdi
21:47

Telegram asoschisi qaysi mamlakat fuqarosi ekanligini aytdi


Oldinroq, Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschisi rossiyalik Pavel Durovning Buyuk Britaniya fuqaroligini olgani haqida xorij OAVlarida xabarlar tarqalgan edi.

Ammo Durov Rossiyaning “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida ushbu xabarning haqiqatligini rad etgan.

Jumladan, u bunday xabarlarga asos yo‘qligini ta’kidlab, Britaniyada xususiy firma ochish uchun fuqarolik talab qilinmasligini ma’lum qilgan. Bundan tashqari u Rossiya fuqarosi ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Shuningdek, u xodimlari hozirda ushbu yolg‘on xabarlarni tarqatgan manbalarni o‘rganayotganini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Telegram rasmiylari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va mazkur masala yuzasidan kompaniya ishi sudga oshirilgan edi.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя