Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Tez kunda yangi xit Lola - Bilmaysan Mp3
11:47

Tez kunda yangi xit Lola - Bilmaysan Mp3


San’atimizning porloq yulduzi, latofatli Lola hozirda yakkaxon konsert dasturiga katta tayyorgarlik ko‘rish bilan birga, yana bir qator loyihalar ustida ishlamoqda. Ayni damda  kuzning kun-u tunini ovoz yozish studiyasida o‘tkazayotgan xonanda yaqin kunlarda  yana bir yangi taronani taqdim etishini ma’lum qildi.  Ma’lumotlarga qaraganda, u hozirda serqirra ijodkorlar Sarvar va Komil bilan birga “Bilmaysan”  nomli qo‘shiq yaratish bilan band. Mazkur jarayon haqida instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali ijodkorlar ma’lum qilishdi. Ular bu kompozisiya ustida deyarli bir oy mobaynida ish olib borishdi. Qo‘shiq deyarli tayyor. 7-noyabr kuni ommaga namoyish etilishi ko‘zda tutilgan musiqiy asar  tinglovchilar qalbini qay darajada zabt etar ekan? Buni albatta premeradan so‘ng bilib olamiz.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя