Главная » 2021 » Май » 25 » Tez tibbiy yordamda «Damas»dan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda
15:54

Tez tibbiy yordamda «Damas»dan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda


Tez tibbiy yordamda «Damas» rusumli avtomobillardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov ma’lum qilgan. 

«2016-yilda atigi 800 ta «Tez yordam» shoxobchasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 1666 taga yetkazilgan. Tez tibbiy yordam brigadalari 2016-yilda jami 1648 tani tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 2685 taga yetgan.

2016-yilda Toshkent shahri tez yordam tarmog‘ida bor-yo‘g‘i 4 ta reanimobil bor edi. Birgina o‘tgan 2020-yilning 4 oyi davomida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 160 dona «Ford» rusumli reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilindi.

Bugun esa respublikaning tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud. Asta-sekin tez tibbiy yordamda «Damas» rusumli avtomobillardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda».


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: butunlay, Tez tibbiy yordamda, rejalashtirilmoqda, Damas | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя