Главная » 2020 » Август » 11 » Tezkor! Toshkentda kiyimsiz, yalang‘och yurgan jizzaxlik yigit qo‘lga olindi
14:32

Tezkor! Toshkentda kiyimsiz, yalang‘och yurgan jizzaxlik yigit qo‘lga olindi


Internet ijtimoiy tarmog‘ida yosh yigit yalang‘och holatda ko‘chada yurgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz, 10 avgust kuni soat 16.30 larda Jizzax viloyatida tug‘ilgan 22 yoshli X.Islom Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida kiyimsiz holatda aylanib yurgan. Shu yaqin orada xizmat olib borayotgan IIV xodimi uni ko‘rib, hududiy bo‘limga xabar bergan. Hodisa joyi PPX avtoekipaji va profilaktika inspektori yetib kelib, Islomni Chilonzor tumani IIO FMB 3-sonli bo‘limi olib borishgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda kiyimsiz, tezkor, yalang‘och, yurgan, qo‘lga olindi, jizzaxlik yigit | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя