Главная » 2016 » Октябрь » 26 » «Titanik» salati - baliq go‘shtidan…
13:23

«Titanik» salati - baliq go‘shtidan…


Zarur masalliqlar (4 kishilik): 8 bo‘lak sudak balig‘i, 6 ta kartoshka, 50 gr. pishloq, 2 dona tuxum, 2 bosh piyoz, 1 dona rediska, 10 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 3 osh qoshiqdan un va sirka, salat bargi, zira, maydalangan qalampir, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkani tuz va zira solingan suvda qaynatib, rediska ikkalasini aylana shaklda to‘g‘rang.

2. Piyozni halqa shaklida to‘g‘rab, 3 osh qoshiq qizdirilgan o‘simlik yog‘ida 3 daqiqa qovuring. Keyin sabzavotlarni piyoz bilan aralashtirib, to‘g‘ralgan salat bargi, ko‘katlar, tuz va murch qo‘shing. Sirka sepishni ham unutmang.

3. Tuxumni ko‘pirtirib, pishloq qirindisi va qalampir soling. Baliq go‘shti bo‘laklarini o‘rtasidan ikkiga bo‘ling. Keyin unga belab, tuxumli aralashmaga botirib oling-da, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida ikkala tomonini ham qizartirib qovuring. Pishgach, salatga solib, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: titanik, Salat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя