Главная » 2020 » Май » 27 » Toshkent va Navoiyda 23 kishi tuzaldi
17:54

Toshkent va Navoiyda 23 kishi tuzaldi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Navoiyda jami 23 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 5 nafar, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. 

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 56 yoshli erkak fuqaro tuzalib chiqdi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 955 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 976 nafarga yetdi.

Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol bo‘lib, Zarafshon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 12 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun hozirga qadar 23 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2659 nafarga yetdi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Navoiyda, tuzaldi, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя