Главная » 2020 » Июль » 5 » Toshkentda 45 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda virus qurbonlari soni 33taga yetdi
17:06

Toshkentda 45 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda virus qurbonlari soni 33taga yetdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor shifokorga kech murojaat qilishi uning vafotiga sabab bo‘lgani haqida xabar berdi.

«Poytaxtlik Z. 45 yoshga to‘lgan edi. Unda bir necha kun davomida koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilib, tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik kuzatilgan.

Ammo shunday  bo‘lishiga qaramasdan u shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilmay, uy sharoitida davolanib yurgan.

Natijada shu yilning 30 iyun kuni  Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘ta og‘ir holatda, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan  olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga (erkak kishi) yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak va nafas  yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar  va yetakchi mutaxassislar tomonidan kerakli maslahat va  telemeditsina orqali bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, soni 33taga yetdi, koronavirusdan vafot etdi, virus qurbonlari, Toshkentda 45 yoshli erkak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя