Главная » 2022 » Июль » 27 » Toshkentda 5,4 mln, Samarqandda 2,6 mln. Oʼzbekistonda oʼrtacha maosh qanchaligi maʼlum boʼldi
15:22

Toshkentda 5,4 mln, Samarqandda 2,6 mln. Oʼzbekistonda oʼrtacha maosh qanchaligi maʼlum boʼldi


   2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 119,3 foizni tashkil qildi. 2021 yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik 2 mln 968,5 ming so‘m bo‘lgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

                                      O‘rtacha oylik ish haqi hududlar kesimida

Toshkent shahri – 5 mln 486,2 ming so‘m (o‘sish 22,2 foiz);
Navoiy viloyati – 4 mln 856,7 ming so‘m (22,7 foiz);
Toshkent viloyati – 3 mln 664,8 ming so‘m (15,1 foiz);
Buxoro viloyati – 3 mln 96 ming so‘m (15,7 foiz);
Andijon viloyati – 3 mln 83 ming so‘m (19,8 foiz);
Sirdaryo viloyati – 2 mln 992,8 ming so‘m (20,7 foiz);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 mln 985,5 ming so‘m (12,2 foiz);
Xorazm viloyati – 2 mln 902 ming so‘m (19,5 foiz);
Jizzax viloyati – 2 mln 748,1 ming so‘m (17,5 foiz);
Qashqadaryo viloyati – 2 mln 744,6 ming so‘m (19,1 foiz);
Surxondaryo viloyati – 2 mln 729,5 ming so‘m (15,4 foiz);
Namangan viloyati – 2 mln 687,8 ming so‘m (17,4 foiz);
Farg‘ona viloyati – 2 mln 663,7 ming so‘m (16,6 foiz);
Samarqand viloyati – 2 mln 663,2 ming so‘m (16,2 foiz).

  Biroq yarim yillik uchun o‘rtacha oyliklarni hisoblashda qishloq xo‘jaligi korxonalari va kichik tadbirkorlar hisobga olinmagan. Negaki ular hisobotlarni yilda bir marta topshiradi.

  Shu o‘rinda barcha yuridik shaxslar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi 2021 yil uchun 2 mln 662 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu 2020 yilga nisbatan 19,5 foizga ko‘p.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qanchaligi, 4 mln, boʼldi, Samarqandda, maosh, 6 mln, maʼlum, Oʼzbekistonda, Toshkentda, oʼrtacha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя