Главная » 2021 » Август » 27 » Toshkentda boshlig‘ining pulini totalizatorda yutqazgan yigit o‘zini pichoqladi
11:45

Toshkentda boshlig‘ining pulini totalizatorda yutqazgan yigit o‘zini pichoqladi


Toshkent shahrida Paynet shoxobchasida ishlovchi yigit rahbariga tegishli pulni totalizatorda yutqazib qo‘yib, o‘zini pichoqladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, N.R. Paynet shoxobchasidagi kassadan do‘kon egasi N.T.ga tegishli bo‘lgan, 6 million so‘m pulni totalizatorda yutqazib qo‘ygan. 

Shundan so‘ng u pullarni qaytara olmasligini bilib, do‘kondagi shkaf tortmasida turgan pichoq bilan o‘zining qorin sohasiga tan jarohati yetkazib, IIBBga telefon qilgan hamda go‘yoki noma’lum shaxs unga pichoq bilan tan jarohati yetkazib, do‘kon kassasidagi 6 million so‘mni bosqinchilik yo‘li bilan tortib olganini aytgan.

Sud tomonidan N.R. Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismining “a” va “g” bandlarida (ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan yolg‘on xabar berish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va shu moddaga 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yutqazgan, pulini, totalizator, pichoqladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя