Главная » 2017 » Май » 30 » Toshkentda fohishaxona saqlagan galdagi fuqaro aniqlandi
17:39

Toshkentda fohishaxona saqlagan galdagi fuqaro aniqlandi


Joriy yilning 28 may kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar Vladimir Petrov va Nosirova Nargiza Yunusobod tumani hududida joylashgan Petrov xonadonida fohishaxona saqlab, 75.000 so‘m pul evaziga fuqarolar “U” va “T” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berishgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxslarning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fuqaro aniqlandi, Toshkentda, Fohishaxona, saqlagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя