Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Toshkentda koʻcha yoritkichlarining tungi isteʼmolini cheklash boshlandi
11:30

Toshkentda koʻcha yoritkichlarining tungi isteʼmolini cheklash boshlandi


“Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi umumiy 16 noyabr kunidan boshlab vaqtinchalik koʻcha yoritish tarmoqlarini tungi isteʼmolini cheklash tartibiga oʻtkazdi.

Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.

“Hukumat elektr energiyasi isteʼmolchilarining oldiga yana bir muhim vazifa — energiya resurslaridan ehtiyotkorlik va masʼuliyat bilan foydalanish vazifasini qoʻydi. Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadilar, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, chorshanba kuni Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev Toshkentda koʻchalarni yoritish va reklama LED-ekranlarini vaqtincha oʻchirish rejasini maʼlum qilgandi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koʻcha, boshlandi, yoritkichlarining, tungi, isteʼmolini, Toshkentda, cheklash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя