Главная » 2020 » Сентябрь » 3 » Toshkentda niqobli bosqinchilar xonadonga bostirib kirib, 127 ming dollarni o‘g‘irlab ketdi
10:45

Toshkentda niqobli bosqinchilar xonadonga bostirib kirib, 127 ming dollarni o‘g‘irlab ketdi


Joriy yilning 27 avgust kuni taxminan soat 00.30da Olmazor tumanida bir necha kishi yuzlarini niqob bilan berkitgan holda ochiq qolgan uyga kirishgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, so‘ng ular uy egalarini o‘tkir buyum bilan qo‘rqitib, u yerdan 127.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketishgan. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (“Bosqinchilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchilar – 38 yoshli muqaddam sudlangan Shuhrat N., 24 yoshli muqaddam sudlangan Ergash U., 31 yoshli Shonurmuhammad Sh., 27 yoshli muqaddam sudlangan Sardor S. qo‘lga olindi. 22 yoshli muqaddam sudlangan Komiljon U.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda. 

Tergov ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xonadonga, dollarni, o‘g‘irlab ketdi, niqobli bosqinchilar, 127 ming, bostirib kirib, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя