Главная » 2020 » Июнь » 30 » Toshkentda qoraqalpog‘istonlik erkak koronavirusdan vafot etdi
23:34

Toshkentda qoraqalpog‘istonlik erkak koronavirusdan vafot etdi


Koronavirus infeksiyasiga chalingan qoraqalpog‘istonlik bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. ismli erkak 10-iyun kuni Qozog‘istondan kelganligi sababli karantin markaziga joylashtirilgan. 15-iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

19-iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda o‘tgan kunlar davomida reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan.

Unga yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi kabi qator kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli yetakchi shifokorlar, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qoraqalpog‘istonlik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlangan 26-bemor bo‘ldi.

Ketma-ket uch kundan buyon SSV kuniga 2 nafardan o‘lim holati yuz berayotganini xabar qilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, koronavirusdan vafot etdi, qoraqalpog‘istonlik erkak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя