Главная » 2018 » Январь » 24 » Toshkentda “Telegram” orqali mijoz “ovlagan” fohisha qizlar qo‘lga olindi (video)
22:40

Toshkentda “Telegram” orqali mijoz “ovlagan” fohisha qizlar qo‘lga olindi (video)


Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv bo‘limi, Yashnobod tumani XOOB hamda “UzNews.uz” hamkorligida “Fohishalikka qarshi tungi tadbir” o‘tkazildi.

Tashkiliy guruh tomonidan internet tarmoqlariga o‘zining shahvoniy, xirsni uyg‘otuvchi va behayo rasmlarini qo‘yib, bir soatga 400 ming so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qiladigan ayol borligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida esa, haqiqatda ham ushbu ayolning fohishalik bilan shug‘ullanishi borasidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi.

Tungi soat 22:30 atrofida ushbu ayol, ya’ni G‘aniyev Zarina Abdujabborovnaning fohishalik bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Zarina Shayxontohur tumanida doimiy ro‘yxatda turib, Toshkent shahar Yashnobod tumani “Parvoz” MFY Aviasozlar-1 mavzesida, internet orqali “mijoz” topib moddiy manfaat evaziga jinsiy aloqa qilib kelganligini tan oldi.

G‘aniyev Zarina Abdujabborovna ushbu manzildagi xonadondan, og‘zaki kelishuvga asoslangan ijara asosida foydalanib kelgan.

Xonadon ko‘zdan kechirilganda, Zarinadan boshqa yana 3 nafar ayollar borligi ham aniqlandi.

Jinoyat protsessual kodeks talabi hamda tergov siri bois yuqorida keltirligan ism-shariflar o‘zgartirilgan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя