Главная » 2017 » Март » 16 » Toshkentda yangi «Poytaxt bank» tashkil etiladi
15:31

Toshkentda yangi «Poytaxt bank» tashkil etiladi


Yangi “Poytaxt bank” aksiyadorlik tijorat uy-joy-qurilish jamg`arma banki Toshkentning Olmazor tumani, Beruniy ko`chasi, 43 uy manzilida joylashadi.

ATUJQJB «Poytaxt bank»ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Aholi va yuridik shaxslarga ipoteka krediti taqdim etish hamda uy-joyga bo`lgan talablari qismida bank xizmatalarini ko`rsatish;

Arzon ko`p xonali uylarni qurish bilan shug`ullanadigan pudratchi tashkilotlarga kredit mablag`lari taqdim etish;

Arzon ko`p xonali uylarni qurish va loyihalash qismida buyurtmachi funksiyasini bajarish;

Toshkent shahrida arzon ko`p xonali uylarni qurishga ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kredit va lizing xizmatlarini ko`rsatish;

Arzon ko`p xonali uylarni moliyalashtirishga xorijiy investisiyalar va xalqaro institutlarning mablag`larni jalb qilish;

Muhandislik infratuzilmasini yaxshilashni ko`zda tutadigan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda investisiya faoliyatini bajarish;

Zamonaviy, tejamkor va talabgir qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan tashkilotlarni kreditlash;

Yuridik va jismoniy shaxslarga universal bank sifatida bank xizmatalarini ko`rsatish.

«Poytaxt bank»ning ustav jamg`armasi 10 mln evrodan kam bo`lmagan miqdorda shakllanatiriladi, shundan 3 mlrd so`m Toshkent shahrining mahaliy byudjeti hisobidan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilish, jumladan xorijiy investorlar hisobiga ham.

Ustav jamg`armasi shakllantirilgandan hamda so`ng Markaziy bank “Poytaxt bankni” davlat ro`yxatidan o`tkazadi va o`rnatilgan tartibda xorijiy valyuta operasiyalarini o`tkazish bo`yicha lisenziya beriladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tashkil etiladi, Poytaxt bank, toshkent, Bank, Yangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя