Главная » 2020 » Сентябрь » 5 » Toshkentdagi pichoqbozlik haqida IIBB tezkor xabar berdi
14:17

Toshkentdagi pichoqbozlik haqida IIBB tezkor xabar berdi


2020-yil 29-avgust kuni soat tahminan 19:00larda, 22 yoshli M.Xikmatullo o‘zining to‘rt nafar tanishlari bilan Olmazor tumani Ochil Bobojonov ko‘chasidagi kafelardan birida o‘tirgan vaqtida tanishi 24 yoshli P.Temur bilan o‘zaro gap talashib qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

So‘ng ko‘chaga chiqib ko‘p qavatli uylarning oldida og‘zaki mojaroni hal qilmoqchi bo‘lgan vaqtida M.Xikmatullo o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan tanishi P.Temurga tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada P.Temur olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra P.Temurga og‘ir tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB Tergov bo‘linmasi tomonidan M.Xikmatulloga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.Xikmatullo O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: haqida, pichoqbozlik, IIBB, Toshkentdagi, xabar berdi, tezkor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя