Главная » 2020 » Август » 11 » Toshkentdagi “Sayohat” mehmonxonasida karantinda bo‘lgan erkak to‘rtinchi qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi
17:11

Toshkentdagi “Sayohat” mehmonxonasida karantinda bo‘lgan erkak to‘rtinchi qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi


Toshkentdagi “Sayohat” mehmonxonasida karantinda bo‘lgan surxondaryolik 31 yoshli erkak to‘rtinchi qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga 10-avgust, soat 10:33 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashovchi 31 yoshli K.O. o‘z joniga qasd qilib, “Sayohat” mexmonxonasining 4-qavatidan o‘zini tashlab vafot etgan.

Dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, O.K. Rossiyaning Qozon shahriga ishlash uchun oilasi bilan birga ketgan. 4-avgust kuni charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi tomonidan karantinga olinib, “Sayohat” mehmonxonasining 408-xonasiga joylashtirilgan.

7-avgust kuni COVID-19 virusi uchun test topshirgan va 9-avgust kuni chiqqan test tahlillari unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan.

Uning Surxondaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiliuvchi yaqin qarindoshlari bilan telefon orqali suhbatlashilganda, ular so‘nggi paytlarda O.K.ning ruhiyatida salbiy tomonga o‘zgarishlar sezilganligini va o‘zini yomon his qilib yurganligi sababli turmush o‘rtog‘i va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari Rossiyada qolishiga qaramay, u O‘zbekistonga olib kelinganligini bayon qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, O.K.ning ruhiy kasallika chalingan yoki chalinmaganligiga aniqlik kiritish choralari ko‘rilmoqda.

Iyun oyida O‘rtasaroydagi karantin markazida fuqaro konteyner ichida o‘zini osib qo‘ygani xabar berilgan edi. Fuqaro nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani noma’lum.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘z joniga qasd qildi, “Sayohat”, mehmonxonasida, sakrab, karantinda bo‘lgan, Erkak, Toshkentdagi, to‘rtinchi qavatdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя