Главная » 2017 » Март » 30 » Tugatilayotgan 4 ta Akademik litseyning ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
22:20

Tugatilayotgan 4 ta Akademik litseyning ro‘yxati ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan moddiy-texnik va o‘quv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali 4 ta akademik litsey tugatilishi haqida xabar bergandik.

Aynan qaysi Akademik litseylarning faoliyati tugatilayotganligi ma’lum qilindi. Bular:

1.Andijon tibbiyot instituti qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 547)

2.Samarqand davlat arxitektura-qurilish institut qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 173);

3.Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 300);

4.Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti qoshidagi Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 307).

Qarorga ko‘ra, ushbu akademik litseylarning 1-bosqichlariga o‘quvchilarni qabul qilish 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatiladi, qolgan o‘quvchilar o‘z o‘qishlarini ohirigacha tugallashadi.

Prezident Qarori Akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilingan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ro‘yxati ma’lum bo‘ldi, Akademik litsey | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя