Главная » 2017 » Август » 14 » “Uddalab bo'lmas topshiriq 6” filmida Tom Kruz jarohatlandi
16:35

“Uddalab bo'lmas topshiriq 6” filmida Tom Kruz jarohatlandi


13 avgust kuni Tom Kruz “Imkonsiz topshiriq 6” (Missiya nevipolnima 6) filmining Londondagi suratga olish jarayonida jarohatlandi. Bu haqda TMZ xabar beradi.

55 yoshli mashhur amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser, ssenarist va sayentolog Tom kruz “Imkonsiz topshiriq” filmining navbatdagi qismini suratga olmoqda. U dublyorsiz ishlab, filmlarda xavfli sahnalarni o‘zi bajarishi bilan boshqa aktyorlardan ajralib turadi.

Aktyor tomdan tomga sakrab o‘tish sahnasini bajarish paytida devorga kuchli zarb bilan urildi. Jarohatning qanchalik darajada uning salomatligiga xavf solishi haqida xozircha ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, Tom Kruz uch marta Oskor mukofoti sovrindorligini qo‘lga kiritgan aktyor.

Zohirshoh Jo‘raev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Tom Kruz, filmida, jarohatlandi, Uddalab bo'lmas topshiriq 6 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя