Главная » 2020 » Ноябрь » 15 » Donald Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmida qanday paydo bo‘lib qolgani ma’lum bo‘ldi
16:30

Donald Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmida qanday paydo bo‘lib qolgani ma’lum bo‘ldi


Donald Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmining epizodida suratga tushish uchun ijodiy guruhga shart qo‘ygan. Bu haqda film rejissori Kris Kolambus Insider’ga ma'lum qildi.

“U bizni kartinada uni ham suratga olishimizga majbur qildi”, − ta’kidlaydi kinorejissor. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijodiy guruh o‘sha paytda Trampga tegishli bo‘lgan Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonxonasida filmning ayrim sahnalarini suratga olishga kelishgan. Albatta, bu uchun ular pul to‘lagan, ammo Tramp epizod rolda ishtirok etsagina, suratga olishga ruxsat berishini aytgan.

Kartinani montaj qilish jarayonida Kolambus Tramp ishtirok etgan sahnani qoldirishga qaror qilgan, chunki buni jamoatchilikka yoqadi, deb hisoblagan.

“Uyda yolg‘iz 2” filmidan tashqari, Tramp 1990-yillarda “Sheriklar”, “Kichkintoy yaramaslar”, “Namunali erkak” va “Eddi” kabi film, shuningdek, “Beverli-Xillz shahzodasi”, “Enaga” kabi seriallarda epizod rollarni ijro etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Donald Tramp, ma’lum bo‘ldi, Uyda yolg‘iz, filmida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя