Главная » 2021 » Июнь » 18 » UEFA futbolchilardan shisha idishlarga tegmaslikni talab qilmoqda
15:41

UEFA futbolchilardan shisha idishlarga tegmaslikni talab qilmoqda


Yevropa chempionati doirasida o‘tkazilayotgan o‘yinoldi va o‘yindan keyingi matbuot anjumanlarida hamkor tashkilotlarning mahsulotlarini chetga surish chellenji start oldi.

Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu Coca-Cola idishlarini chetga surib, oddiy suv ichishga ishora qiladi va o‘zi bilmagan holda chellenjni boshlab beradi. Uning ushbu harakati katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi: go‘yoki Coca-Cola aksiyalari tushib ketganmish. Keyinchalik mashhur brend ushbu xabarni rad etdi.

«An’ana»ni Fransiya termasining 28 yoshli hujumchisi Pol Pogba davom ettirdi. U minbarda turgan Heineken nomi ostidagi alkogol mahsulotini yashirib qo‘ydi. Xabaringiz bor, Pogba Islom diniga e’tiqod qiladi. Uning bu harakati ko‘pchilik tomonidan olqishlandi.

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov esa, aksincha, gazli ichimliklarni xush ko‘rar ekan. U navbatdagi matbuot anjumanida birinchi idishning qopqog‘i yordamida ikkinchi idishni ochadi va o‘z chanqog‘ini qondiradi.

UEFA rahbariyati futbolchilarga mahsulotlarni ushlashga taqiq qo‘yishni o‘ylayotganda bir paytda Italiya termasi yarimhimoyasichi Manuel Lokatelli ham kameralar ob’yektiviga muhrlandi. U ham portugayalik hamkasbi singari Coca-Cola idishlarini chetga surib qo‘yib, chellenjga nuqta qo‘ydi.

Endilikda UEFA tomonidan futbolchilarga Yevropa chempionati  hamkorlarining mahsulotlarini ushlash ta’qiqlab qo‘yildi. Bilmasdan ushlab qo‘yganga jazo bormi yoki yo‘q, bunga aniqlik kiritilmagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: UEFA, futbolchilardan, tegmaslikni, talab, Shisha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя