Главная » 2016 » Ноябрь » 24 » Ukraina Pokiston tanklarini qayta ta’mirlaydi
15:28

Ukraina Pokiston tanklarini qayta ta’mirlaydi


Ukraina Pokistonning tanklarini qayta ta’mirlash va zamonaviylashtirish uchun 600 million AQSh dollari miqdorida pul oladi. Bu xaqida Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lumot berdi, deb xabar bermoqda “Lenta.ru” sayti.
 
23 noyabr kuni ikki tomonlama memorandum “Ukraina maxsus eksporti” bosh direktori Pavel Bukin va Pokistonning “Heavy Industries Taxila” korporatsiyasi boshlig‘i Vajit Said Husain tomonidan imzolandi.
 
Xabarlarga ko‘ra, memorandum imzolash harbiy muassasa boshlig‘i Stepan Poltorak, Pokiston Mudofaa ishlab chiqarish federal vaziri Rana Tanvir Husain va Xavfsizlik va mudofaa milliy kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari Oleg Gladkovskiy ishtirokida amalga oshirildi.
 
Hozirgi vaqtda Pokistonda T-90UD rusumli 300 dan ortiq tank mavjud. Ular 1990 yilda Xarkovda ishlab chiqarilgan. Qayta ta’mirlashning texnik jihatlari sir tutilmoqda.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ukraina, tanklar, qayta ta’mirlaydi, Pokiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя