Главная » 2020 » Май » 9 » Ular shu yil paydo bo‘ladi – Ilon Mask inson miyasiga o‘rnatiladigan chiplar haqida ma’lum qildi
11:00

Ular shu yil paydo bo‘ladi – Ilon Mask inson miyasiga o‘rnatiladigan chiplar haqida ma’lum qildi


Ilon Mask tomonidan asos solingan Neuralink kompaniyasi inson miyasiga o‘rnatiladigan chip ishlab chiqmoqda. Ushbu chipning insonlardagi tajribasi keyingi yilni o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Ilon Mask YouTubeʼdagi podkast paytida ma’lum qildi.

Mask Neuralink chiplari yordamida nafaqat Parkinson yoki Alsgeymer kasalligini muvaffaqiyatli davolash, balki sog‘lom odamlarda miya funksiyalarini “saqlab qolish va kuchaytirish“ mumkinligiga ishonadi. Milliarderning aytishicha, implantatsiya uchun birinchi chiplar 2020 yildayoq paydo bo‘lishi mumkin.

“Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Biz odamlarga sog‘lom bo‘lish va yo‘qotgan ba’zi funksiyalarini tiklash orqali yordam berish imkoniyatiga egamiz“, deydi Mask.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chipni bosh suyagi ostiga qo‘yish rejalashtirilgan. Miyaga ulanish elektrodlar orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 2016 yilda Neuralink kompaniyasini tashkil qilgan. Kompaniya nanotexnologiya sohasida faoliyat olib boradi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: inson miyasiga, chiplar, haqida ma’lum qildi, Ilon Mask | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя