Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Vazirlar Mahkamasi tarkibida katta o‘zgarishlar kutilmoqda?
15:43

Vazirlar Mahkamasi tarkibida katta o‘zgarishlar kutilmoqda?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 dekabr kuni Prezidentlikka qasamyod qabul qilgani xaqida xabar bergan edik. Shu kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida Shavkat Mirziyoev Abdulla Aripovni Bosh vazir lavozimiga tayinlashni taklif etdi.
 
Abdulla Aripov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi joriy yilning sentabr oyidan Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Nomzodni  yoqlab Qonunchilik palatasi deputatlaridan 124 nafari, Senat a’zolaridan 83 nafari ovoz bergan holda Abdulla Aripov Bosh vazirlikka tasdiqlandi. 
 
Bundan bir kun avval, 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ish boshladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimini avval O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi-Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan Elmira Bositxonova egalladi.
 
Elmira Bositxonova kelganidan so‘ng, Tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz To‘ychiev O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimidan olinib Toshkent tibbiyot akademiyasining yangi rektori etib tayinlandi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarligi vazifasini so‘nggi 10 yil mobaynida 71 yoshli Shavkat Karimov bajarib kelayotgan edi.
 
Keyinchalik, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini Tanzila Kamalovna Norboyeva egallagani ma’lum bo‘ldi. Tanzila Kamalovna Norboyeva Qo‘mita raisligiga kelgunga qadar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi bo‘lib ishlagan.
 
Bugun, 15 dekabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov o‘rnini Xodjaev Botir Asatillaevich egalladi.
 
Rustam Azimov O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida qoldirildi.
 
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi portalida Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi bo‘limidagi ma’lumotlar olib tashlanib, faqatgina Bosh vazir Abdulla Aripov haqida ma’lumotlar joylagan, xolos. Tarkibdagi qolgan lavozim egalari haqida esa ma’lumotlar yo‘q. Bu esa Vazirlar Mahkamasi tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotganidan darak berayotgandek.

Muxtorbek Abdullaev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Tarkibi, kutilmoqda, Vazirlar Mahkamasi, katta o‘zgarishlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя