Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Xonanda Loladan kutilmagan klip tez kunda!
11:00

Xonanda Loladan kutilmagan klip tez kunda!


Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik olib borayotgan Lola “Bilmaysan” nomli yangi tarona yaratgani haqida ma’lumot bergan edik. Bu kompozisiya 7-noyabr kuni yurtimizning yetakchi radioto‘lqinlari uzra jarang sochishi ham ma’lum. Bugun kutilmaganda xonanda aynan mazkur qo‘shiqqa videoklip tasvirga tushirish ishlarini boshlab yubordi. Biz esa suratga olish maydonchasiga tashrif buyurib, kechayotgan jarayonni kuzatishga ahd qildik.

“”Bilmaysan” – bu qo‘shiqning yaralish tarixi shunday kechdi. Men tez-tez turli xil qo‘shiqlar yaratib turaman va uni “diktofon”ga yozib boraman. Biroq uni hech kimga ko‘rsatmayman. Bir kuni biz Sarvar va Komil bilan birga yangi qo‘shiq ustida ishlayotgan edik. Shu payt men o‘zim yozgan eski qo‘shiqlarimdan birini hirgoyi qilib, o‘z ishim ustida ishlayotgandim. Buni kuzatgan Sarvar mendan nima kuylayotganimni so‘radi. Undan e’tibor bermasligini so‘radim va o‘z ishimni bajarishda davom etdim. Sarvar mendan yana bir marta shu qo‘shiqni hirgoyi qilishimni so‘radi va men uni kuylashni boshladim. Uning oldida musiqa asboblari bor edi va vaqtdan foydalanib ularni tezda chalishga tushib ketdi.

“Bu xit, juda zo‘r naqorat” – deya baholadi va bu “melodiya”ni oxirigacha yaratish kerakligini aytdi.  Shu paytning o‘zidayoq u mazkur qo‘shiq ustida ishlashni boshlab yubordi. Biroq biz bu qo‘shiqning so‘zlarini boshqa muallifga qayta yozdirishga qaror qildik. Men o‘zim Ummon guruhining solisti Zohidga qo‘shiq so‘zlarini yozdirishni taklif qildim. Chunki u judayam iqtidorli bola. Uning yozgan she’rlari ham muxlislarga manzur keladi.  Bu taklifimizni Zohid ham qo‘lladi. Aranjirovkani Sarvar amalga oshirdi. Men uchun harakat qilgan bu ijodkorlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va o‘ylaymanki, qo‘shiq barcha muxlislarga manzur keladi. Klip haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ikki kunlik suratga olish ishlarini o‘z ijodiy jamoamga aylangan Sanjar Makarimov, Rustam Murodov bilan hamkorlikda amalga oshiryapmiz. Unda cheksiz muhabbat asiriga aylangan ayolning yurak hayqirig‘i, qalb nidosi tasvirlangan.  Shuning dek bu klipda kutilmagan sahnalar ham mavjud.” – deya Lola qo‘shiq va klip haqida saytimiz uchun ma’lumot berdi.

Kunning sovuq bo‘lishiga qaramay u, yomg‘ir sahnasida sovuq suv ostida bor mahoratini ishga soldi. O‘z ishi uchun har qanday qiyinchiliklarga dosh bergan xonandani kuzatgan kishilar haqiqatdan ham u o‘ta iqtidorli va mahoratli ekanini ta’kidlashdi. Demak, kuzatamiz. Tez kunda mazkur klip premerasi! Bizdan yiroqlashmang va yangiliklardan birinchilar qatorida xabardor bo‘ling.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя