Главная » 2020 » Апрель » 19 » Xushxabar! Toshkentda yana 10 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi
16:19

Xushxabar! Toshkentda yana 10 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi


Ayni paytda dunyoda hamon koronavirus pandemiyasi avj nuqtasida turgan bo‘lsa-da, shifo topayotgan bemorlar safining kengayib borayotgani odamlarda ushbu infeksiyani yengishga bo‘lgan ishonchni bermoqda. Yurtimizda ham so‘nggi kunlarda sog‘ayganlar ko‘payib borayapti.

Jumladan, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Tuzalganlarning 6 nafari poytaxtimizdan, 3 nafari Toshent viloyatidan va 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, yuqtirib olishgan. Shuningdek, ularning 2 nafari Rossiyadan poytaxtimizga kelgan va “Sokol” oromgohida karantinga olingan, yana 1 nafari esa Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reysi orqali kelgach, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markaziga joylashtirilgan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanishni boshlashgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

So‘nggi tekshiruv natijalari ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Mazkur klinikada shu paytga qadar 17 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 27 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 214 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bemor koronavirusdan, Toshkentda, xushxabar, butunlay sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя