Главная » 2020 » Май » 8 » Yana 17 nafar: Samarqandda o‘tgan yili tug‘ilgan go‘dak koronavirusni yengdi
15:49

Yana 17 nafar: Samarqandda o‘tgan yili tug‘ilgan go‘dak koronavirusni yengdi


Samarqand viloyatida 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafardan Samarqand shahri va Toyloq tumanidan, 2 nafardan Oqdaryo va Payariq tumanidan, Pastdarg‘om, Narpay va Samarqand tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 10 nafari erkak, 7 nafari ayol, yoshi kattasi 52 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 69 nafarga yetdi.

Bugun ayni paytga qadar 82 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1738 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: go‘dak, koronavirusni yengdi, Samarqandda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя