Главная » 2020 » Апрель » 22 » Yana 17 nafar: Toshkentda yangi tug‘ilgan go‘dak koronavirusni yengdi
16:20

Yana 17 nafar: Toshkentda yangi tug‘ilgan go‘dak koronavirusni yengdi


Koronavirus infeksiyasidan tuzalayotgan bemorlar haqida quvonchli yangiliklar zamirida fidoyi va malakali tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor. Koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, yurtimiz shifokorlari sarosimiga tushmasdan, o‘z qasamyodlariga sodiq holda, pandemiya bilan kurashishdek katta mas’uliyatni  zimmalariga olishdi. Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning barchasi Toshkent shahridan. Ulardan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. 1 nafari Londondan Toshkentga kelgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 13 nafari ayollardir.  Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan (onasi bilan birga reabilitasiyaga kuzatildi). Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

– Klinikamiz xodimlarining birdamligi, mahorati va tajribasi bemorlarmizning sog‘ayishida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda, – deydi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori Muhayyo Asilova. – Xalqaro standartlar asosida davolash muolajalarini olib borish uchun tibbiyot muassasamizda barcha sharoitlar yaratilgan. Sa’y-harakatlarimiz natijada bugun ham navbatdagi 17 nafar bemor butkul sog‘ayib chiqishdi. Malakali shifokorlarimiz jonkuyarligi tufayli ushbu ko‘rsatkichlar kundan kun oshib borishiga ishonchim komil.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 424 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, go‘dak, koronavirusni yengdi, yangi tug‘ilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя