Главная » 2017 » Апрель » 2 » Yana bir ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi
08:39

Yana bir ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi


O‘zbekiston Respublikasining «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi Qonunining 10-moddasiga hamda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi sessiyasi o‘zining 2017 yil 10 martdagi qarori bilan Guliston shahar hokimligi huzuridagi geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining bayonnomasiga asosan shaharning Namuna, Sayqal va Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridan o‘tadigan «Mustaqillik» ko‘chasining nomini O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov nomi bilan qayta nomlash to‘g‘risidagi komissiya qarorini tasdiqladi.

Shunday qilib, «Mustaqillik» ko‘chasiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov nomi berildi.

Mutasaddi tashkilotlarga qayta nomlangan ko‘chaning nomini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, belgilangan tartibda zamonaviy ko‘rinishda, lotin yozuvida, peshlavhalarga yozib, o‘rnatish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirildi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Islom Karimov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя