Главная » 2016 » Октябрь » 25 » Yaqinlik yarashishga yordam beradimi?!
14:56

Yaqinlik yarashishga yordam beradimi?!


«Er-xotinning urishi doka-ro‘molning qurishi», deyishadi xalqimizda. Haqiqatan ham bir uyda yashayotgan, bir ro‘zg‘or uchun javobgar ikki insonning janjallashib turishi tabiiy. Ammo yarashishchi? Aksariyat erkaklar nizoni yaqinlik orqali hal etishga urinisharkan... Ular qanchalik haq yoki nohaqliklarini esa shifokor-seksopatolog Ramazon NAZAROVning tavsiyalari orqali aniqlaymiz.

 

«Sen bir taraf, men bir taraf...»

– Ayolim bilan urishib qolgan paytimizda haftalab arazlaydi. Yaqinlik haqidaku, so‘z bo‘lishi mumkin emas. Men esa hammasini bosdi-bosdi bo‘lishi uchun u bilan yaqin bo‘lishni istayman. Buning nimasi yomon? Qanday qilsam, xotinim buni tushunadi?

S. F, Toshkent shahri

 

YoTOQXONA – JANJALDAN HOLI HUDUD!

Aksariyat hollarda janjaldan keyin yaqinlikni erkak istaydi. Bu yo‘l bilan naq uchta muammoni hal qilmoqchi bo‘ladi: 1. Unga befarq emasligini ko‘rsatish. 2. Qattiq alam qilgan bo‘lsa, tajovuz orqali ayolini o‘ziga bo‘ysindirish. 3. Janjalni izsiz tugatish.

Bu odatda ko‘pincha ayolini ruhan tushunmaydigan erkaklarda ro‘y beradi. Biroq erkaklarni ayblamang. Chunki nizoli holatdan keyin er-xotin qonida adrenalin darajasi yuqori bo‘ladi, shuning uchun ayol erkak ko‘z o‘ngida yanada jozibali ko‘rinadi. Yaqinlik odatdagidan farq qilishi ham rost. Sababi, janjaldan keyin er-xotin bir-biridan uzoqlashadi va bu paytdagi munosabatlar sog‘inch xislariga to‘lib-toshadi. Lekin ayol-chi? Axir u o‘zini tahqirlangandek sezishi mumkin.

 

«U MENI TUShUNMAYDI...»

— Turmush o‘rtog‘im janjaldan keyin o‘zimga kelishimni kutib o‘tirmaydi. Yaqinlikka majbur qiladi. Rad etsam, meni tashlab ketishi, to‘shakni alohida qilib olishi bilan qo‘rqitadi. Majburan aytganini qilaman. Ammo bu men uchun qiynoqdan boshqa narsa emas. Qanday yo‘l tutay...

M.U, Farg‘ona viloyati

 

MUTAXASSIS NIMA DEYDI?

So‘z avvalida erkakka tavsiyamiz: ruhshunoslar bunday paytda juftlikning hech bo‘lmasa 2 soatga alohida xonaga chiqishini maslahat berishadi. Yaqinlikka keladigan bo‘lsak, buni faqatgina tinchib olgandan va albatta, suhbatlashib ozmi-ko‘pmi murosaga kelgach, amalga oshirish kerak. Aks holda ayol kuchli nevroz holatiga tushib qolishi va qayta-qayta eriga noroziligini bildirishi, natijada yana bitta janjal yuzaga kelishi mumkin.

Ayolga ham aytar so‘zimiz bor: eringizni yo‘qotmoqchi emasmisiz? Aytishib qolganingizdan so‘ng yarim soatga tashqariga chiqishini so‘rang. O‘zingiz esa dush qabul qilib, tinchlaning. Juftingiz hovuridan tushgach, «sizni tushunolmaganimdan yuragim g‘ash. Nima qilamiz?» deng. Sizni qiynayotgan gaplarni aytib oling, ammo uni ayblamasdan, sekinlik bilan so‘zlang. Eringiz hammasini hal qilaman, dedimi, ishoning! Ayni damda bu eng ma’qul yo‘l. Ishonqiramaslik, muammoni ertaga qoldirishi emas, qat’iy ishonch bilan unga yuzlaning. Noziklik bilan unga erkalaning, qisqa suhbat orqali bugungi nizoni unutishga harakat qiling. Yotog‘ingiz sehrli taftini noxush janjallar bilan sovutmang.

Barno HOJIMIRZAYEVA tayyorladi.  


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Er-xotin, yotoq, Erkak, Yaqinlik, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя