Главная » 2020 » Апрель » 21 » Yevropada ilk futbol o‘yinlarini qayta boshlash sanasi ma’lum bo‘ldi
15:33

Yevropada ilk futbol o‘yinlarini qayta boshlash sanasi ma’lum bo‘ldi


Yevropada karantindan so‘ng ilk futbol uchrashuvlari Germaniyada boshlanishi mumkin. Dastlabki uchrashuvlar 9 may kuniga mo‘ljallangani ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Tomoshabinlar o‘rniga maniken-qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

“Biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Tomoshabinlar bilan o‘yinlar o‘tkazish hozircha imkonsiz. 9 maydan o‘yinlarni o‘tkazishni boshlashimiz mumkin“, deydi Bavariya Bosh vaziri Markus Zeder.

Eslatib o'tamiz, Germaniya chempionati o‘yinlari COVID-19 koronavirusining global epidemiyasi tufayli to‘xtatilgan. UEFA zonasida Belarusdan tashqari barcha milliy chempionatlar to‘xtatib qo‘yiladi. Bundan oldin Italiyadagi futbol musobaqalarining qayta tiklanishi sanasi ma'lum bo'lgan edi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Bundesligada 55 ochko bilan “Bavariya“ jamoasi peshqadamlik qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ilk, futbol, sanasi, ma’lum bo‘ldi, Yevropada, o‘yinlarini, qayta boshlash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя