Главная » 2021 » Январь » 2 » YHXBB Chimyon yo‘lidagi “probka” bo‘yicha munosabat bildirdi
14:31

YHXBB Chimyon yo‘lidagi “probka” bo‘yicha munosabat bildirdi


Ijtimioy tarmoqlarda Toshvent viloyati Chimyon dam olish zonasiga olib boruvchi yo‘l yopilgani haqida xabar va video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Boshqarma Yangi yil bayrami munosabati bilan 1, 2, 3 yanvar kunlari dam olish kuni deb belgilanganini eslatib, shu sababli respublikaning barcha hududlaridan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarda joylashgan dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda fuqarolar kelayotganini qayd etgan.

Bugun 2 yanvar kuni soat 10:00 ga qadar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarda joylashgan dam olish maskanlari avtoturargohlari avtomobillar bilan to‘lganligini, ushbu avtomobil yo‘lining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, shuningdek tog‘li hududlarda avtomobillar harakatlanishi murakkabligini hisobga olib, tik nishabliklarda transport vositalarini to‘htab qolib xavfli holat sodir etmasliklarini oldini olish maqsadida “4R-12” avtomobil yo‘lining 61-kilometrida ya’ni tog‘li hududning boshlanish qismida vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati cheklangan. 

“Fuqarolardan ushbu amalga oshirilayotgan ishlar fuqorolarning tog‘li yo‘llarda xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganini tushunishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: probka, munosabat, YHXBB, Chimyon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя