Главная » 2021 » Январь » 13 » Yigit sirini yashirish uchun butun oilasini vahshiylarcha o‘ldirdi
09:29

Yigit sirini yashirish uchun butun oilasini vahshiylarcha o‘ldirdi


Kanadaning Markxem shahrida yashovchi 23 yoshli Menxaz Zamon sirini yashirish uchun butun oilasini o‘ldirdi. Bu haqda «RIA» xabar berdi.

Bangladeshdan Kanadaga ko‘chib borgan yigitning ota-onasi u bilan juda faxrlanar edi. Ular o‘g‘lining nufuzli universitetda muhandislik bo‘yicha o‘qiyotganiga va uni porloq kelajak kutayotganiga amin edilar.

Aslida, yigit hech qaerda o‘qimadi, aksincha, kun bo‘yi komp'yuter o‘yinlaridan boshi chiqmadi. Universitetga ham kira olmadi. Mahalliy kollejga qabul qilingandi, ammo keyinchalik o‘qiy olmagani uchun haydaldi. Menxaz bu haqda yaqinlariga aytmadi, aksincha, bir necha yillar davomida har kuni uyidan noutbuk bilan chiqib ketar, kechasi qaytib kelardi.

Bitiruv kunidan bir kun oldin Menxaz qarindoshlari hech nimani bilmasliklari uchun ularni yo‘q qilishga qaror qildi. Kunduzi soat uchlarda otasi va singlisi uyda yo‘qligidan foydalanib, dam olib yotgan onasini o‘ldirdi. Taxminan bir soatdan keyin buvisini ham biryoqli qildi. Kechqurun ishdan qaytgan singlisini, yarim tunda esa otasini o‘ldirdi.

Shundan so‘ng yigit Internetdagi do‘stlari bilan aloqaga chiqib, butun oilasini o‘ldirganligini aytdi. Ular avvaliga ishonishmadi. Biroq u qonli pichoq va murdalar bilan tushgan selfini yubordi. Onlayn o‘yindagi sheriklari bu haqda Kanada rasmiylariga xabar berishdi. Faqat ular jinoyatchining nikneymini bilishardi, xolos.

Politsiya ertasi kuni ertalab yigitning joyini aniqlab, uyiga yetib keldi. O‘sha paytda Menxaz qarindoshlarining jasadlari bilan birga edi.

To‘rtta qotillik uchun kanadalikka dastlabki 40 yil ichida afv etish huquqisiz umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Sudda Menxaz oilasini biladigan odamlardan kechirim so‘radi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yashirish, sirini, oilasini, o‘ldirdi, vahshiylarcha, Yigit | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя