Главная » 2017 » Март » 30 » Yo‘llardagi kameralar 45 ming qoidabuzarlikni qayd etdi
21:54

Yo‘llardagi kameralar 45 ming qoidabuzarlikni qayd etdi


Xabaringiz bor, joriy yilning martidan boshlab Toshkent shahrining 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari va radarlar qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlagan edi. Birinchi sutkaning o‘zida 8 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilib, avtomobil egalarining uy manzili yoki avtomobil ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarga jarimalar haqida ma’lumotnomalar jo‘natishga start berildi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan xabar qilishlaricha, 15 martdan 29 martga qadar Toshkent shahrining 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan 883 ta kuzatuv kamerasi orqali jami 45 minggacha qoidabuzarlik aniqlangan.

Bulardan 26 mingga yaqini svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 19 mingdan ziyodi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish kabi qoidabuzarliklardir.

23 martdan 29 martgacha, hafta davomida 8 mingdan ziyod, ya’ni 4 mingdan ortiq svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish va 4 mingdan ortiq tezlikni belgilangan me’yordan oshirganlik qoidabuzarliklari qayd etilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 45 ming, Yo‘llardagi kameralar, qoidabuzarlik, qayd etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя