Главная » 2021 » Июль » 9 » YPX inspektorini urgan haydovchiga chora ko‘rildi
22:35

YPX inspektorini urgan haydovchiga chora ko‘rildi


2021-yil 27-may kuni soat 01:30 larda Samarqand shahrining Turkiston ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori «Matiz» rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchi D.S. dan tegishli hujjatlarini taqdim qilishni so‘ragan. Haydovchi hujjatlarni taqdim qilmasligini aytib, unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelib turganligi sababli uni narkolog ko‘rigidan o‘tkazish taklif qilinganida haydovchi avtomashinadan tushib, to‘satdan YPX inspektorining yuziga urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan joy IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari ishtirokida, Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan ko‘zdan kechirilib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan D.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi «a» bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Haydovchiga, YPX, chora, inspektorini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя