Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » “Yulduzlar ayt menga” yaqin kunlarda...
15:05

“Yulduzlar ayt menga” yaqin kunlarda...


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, elimiz ardog‘idagi san’atkor  Rashid Halikov instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida yangi videoklip ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Bu xabarni eshitib, biz klip borasida batafsil ma’lumot berishga ahd qildik va ijodkorlar bilan bog‘landik.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Yulduzlar ayt menga” deb nomlangan qo‘shiq uchun tasvirga tushirilayotgan klip rejissyori Dilmurod Agzamov. Tasvirchi Rustam Murodov.

Tarona kuz fasliga mos bo‘lganligi sababli, klipda ham shu muhitga alohida e’tibor berildi. Videoklip ikki kun mobaynida suratga olindi. Toshkent dengizida olingan sahnalar tomoshabinlarni o‘ziga rom etishi tayin. Cho‘l-u biyobonda olingan sahnalar ham o‘zgacha uslubda suratga olindi.  har birSokin bu qo‘shiq kuz faslida muxlislar uchun kutilmagan tuhfa bo‘lishi shubhasiz. Demak, tez kunda sevimli san’atkoringizdan navbatdagi sovg‘a. Kutib qoling.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzod, Yulduzlar Ayt Menga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя