Главная » 2021 » Май » 15 » Zidan “Real”dan qachon ketishi ma’lum bo‘ldi
13:33

Zidan “Real”dan qachon ketishi ma’lum bo‘ldi


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi, fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan ushbu mavsum oxirida o‘z lavozimidan ketmoqchi. Bu haqda “TeleMadrid” xabar bergan.  

Nashrga ko‘ra, Ispaniya chempionatidagi g‘alaba ham mutaxassisning qaroriga ta’sir qilmaydi. 

Bundan tashqari, ushbu qaror mutaxassis tomonidan bir necha oy oldin qabul qilingan. U qarorini ham ruhan, ham jismonan charchagani bilan izohlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Zidan 2016 yilda Madrid jamoasi bosh murabbiyiga aylangan va 2018 yilning yozigacha shu lavozimda qolgan. Shundan so‘ng u jamoani tark etgan, ammo boshqa klubni boshqarmagan. 2019 yilda fransiyalik mutaxassis ushbu lavozimga qaytgan. 

“Real” Ispaniyada chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Zinedin Zidan jamoasi 78 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Zidan, real, ketishi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя