Главная » 2017 » Май » 26 » 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
12:36

2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning 24 may kuni e’lon qilingan qarori bilan 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2017 yil (hijriy 1438 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 185 000 (bir yuz sakson besh ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 15 725 000 (o‘n besh million yetti yuz yigirma besh ming) so‘m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya’ni 393 125 (uch yuz to‘qson uch ming bir yuz yigirma besh) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi miqdor ma’qullandi.

Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. (Masalan 2017 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 3.000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 6.000 so‘m bo‘ladi).

Fidya miqdori esa doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12.000 (o‘n ikki ming) so‘m deb belgilandi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: miqdori e’lon qilindi, fidya, 2017 yil, Fitr sadaqa, Zakot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя