Главная » 2020 » Апрель » 23 » 2020 yil uchun fidya va fitr miqdori e’lon qilindi
14:58

2020 yil uchun fidya va fitr miqdori e’lon qilindi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar berdi.

“Ma’lumki, fitr sadaqasi moli zakot nisobiga yetgan musulmon kishi tomonidan miskinlarga berilishi vojib bo‘lgan sadaqa bo‘lib, uni hozirgi sharoitdan kelib chiqib, Ramazon oyi davomida berish maqsadga muvofiqdir.

Fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi. Ular: bug‘doydan yarim so’, arpadan bir so’, mayizdan yarim so’ va xurmodan bir so’dir. Bir so’ taqriban (≈) 4 kilogrammga teng.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg. bug‘doy o‘rtacha to‘rt ming so‘m, 1 kg. arpa o‘rtacha uch ming so‘m, 1 kg. mayiz o‘rtacha o‘ttiz besh ming so‘m va 1 kg. xurmo o‘rtacha o‘ttiz ming so‘m ekani ma’lum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, 2020 yil (1441 hijriy) uchun FITR sadaqasining miqdori:

≈ 2 kilogramm bug‘doy 8 000 (sakkiz ming) so‘m;

≈ 4 kilogramm arpa 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;

≈ 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmish ming) so‘m;

≈ 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m deb belgilansin.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi FIDYA miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati 20 000 (yigirma ming) so‘m, deb belgilansin!”, deyilgan idora xabarida.

Ma’lumot uchun, fitr sadaqasining qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Avvalroq, Musulmonlar idorasi Fatvo hay’atining qarori bilan 2020 yilgi zakot miqdori belgilangani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: miqdori e’lon qilindi, 2020 yil uchun, fidya, fitr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя