Главная » 2021 » Февраль » 2 » 2021-yilda odamzodga yana bir jiddiy epidemiya xavf solmoqda
22:38

2021-yilda odamzodga yana bir jiddiy epidemiya xavf solmoqda


Virusolog olimlar 2021-yil oxiri — 2022-yil boshlarida dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy gripp epidemiyasini kutmoqdalar. Bunga boshqa nafas olish yo‘llari kasalliklariga qarshi aholining umumiy immunitetiga ta’sir ko‘rsatgan koronavirusga qarshi kurashish chora-tadbirlari sabab bo‘ladi.

Grippga qarshi vaksinatsiya samaradorligi ham savol ostida qolmoqda. O‘tgan yilning sentyabridan 2021-yil 1-yanvargacha virusning genom ketma-ketliklari bir yil avvalgi shu davrga nisbatan deyarli 100 baravar kam to‘plangan. Ya’ni shifokorlar keyingi mavsumda Shimoliy yarim sharda uchraydigan shtammlarni shunchaki o‘tkazib yuborgan bo‘lishlari hech gap emas.

«Sayyoramizning muayyan qismida joylashgan mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimlari grippning keng miqyosli epidemiyasiga duchor bo‘lishadi», — deyiladi «Science» jurnalida chop etilgan maqolada.

«Kasallik modellarini ishlab chiquvchilar sifatida bilamizki, bunday vaziyatda kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin», — deya ta’kidlaydi Prinston universiteti epidemiologi Reychel Beyker.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: odamzodga, Epidemiya, xavf solmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя