Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Afrikada 4 oyoqli chaqaloq dunyoga keldi
11:47

Afrikada 4 oyoqli chaqaloq dunyoga keldi


31 oktabr kuni Afrikaning Mozambik shahridagi tug‘ruqxonalarning birida 4 oyoqli go‘dak dunyoga keldi, deb xabar beradi “Riafan.ru” nashri.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ota-onasi chaqaloq 4ta oyoq bilan tug‘ilishi haqida tug‘ruqqacha bilmagan. Sababi, ular yashaydigan hududda ultratovush (UZI) tekshiruvi mavjud emas.
 
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, boladagi qo‘shimcha 2ta oyoq uning rivojlanmay qolgan egizagiga tegishli bo‘lishi ham mumkin.
 
Ayni vaqtda bolaning jinsi oshkor qilinmayapti. Jarrohlar chaqaloqni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazib, ortiqcha oyoqlarni olib tashlash mumkin yoki mumkin emasligi borasida fikr yuritishmoqda.
 
Ma’lumot uchun, ayni shaharda oktabr oyining boshida 3 oyoqli bolakay ham tug‘ilgandi. Biroq, u tug‘ilganidan bir necha soat o‘tib, nobud bo‘lgan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: afrika, dunyoga keldi, 4 oyoqli chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя