Главная » 2017 » Январь » 4 » Ajabo: Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘ini eronlik xonanda o‘g‘irladi
17:57

Ajabo: Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘ini eronlik xonanda o‘g‘irladi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevning “Qirmizi olma” qo‘shig‘i 2016 yilning eng ommalashgan taronalaridan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rahmatullaevning mazkur qo‘shig‘i eronlik xonanda tomonidan o‘g‘rincha kuylandi. Bu haqda Ulug‘bek Rahmatullaev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi.
 
Eronlik xonanda Aref tomonidan kuylangan “Ki behtari az to” nomli qo‘shiqning videoklipidan parchani ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan Ulug‘bek Rahmatullaev shunday yozadi:
 
“Ana, endi eronlik mashhur xonanda ijrosida “Qirmizi olma”. Bizdan ruxsat so‘ramasdan kuylagan, ammo biz xafa emasmiz. Chunki, bungacha qancha qo‘shiqlarimiz kuylandi. Agar ishonmaydiganlar bo‘lsa, YouTube’ga kirib, klipni vaqti va tepada turadigan belgisini ko‘rsa, bilib oladiki, qo‘shiq, albatta, birinchi biz tarafdan kuylangan. Tez orada bu xonandadan video ko‘rinishida rahmatlar eshitamiz. Judayam xursandman, Yaratganga shukr. Niyat to‘g‘ri bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi. Balki, duet ham kuylab qolarmiz”.
 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev qo‘shig‘ini boshqalar beruxsat kuylab chiqqanidan achchiqlanmasligi aniq. Birinchidan, qachonlardir xonandaning o‘zi ham “Bemor”, “Layloyimsan” kabi qo‘shiqlarini o‘g‘irlab kuylagan edi. Ikkinchidan, o‘zbek shou-biznesida aksariyat xonandalar, hatto, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova ham xorijdan o‘g‘irlagayotgan bir vaqtda Rahmatullaevning qo‘shig‘ini eronliklar ko‘chirib aytishi – istisno.
 
Eronlik xonanda Aref tomonidan aytilgan “Ki behtari az to” qo‘shig‘ini tinglab, baho bering. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Ulug‘bek Rahmatullaev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя